1620 10.08.2026
Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan giyohvandlik, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar, yaʼni ularni ishlab chiqishda ishlatiladigan kimyoviy moddalar nazorati yanada kuchaytiriladi. Chunki 25 yil oldin bu borada qabul qilingan qonun bugungi kun talabiga javob bermay qoldi.
BMT maʼlumotiga ko‘ra, hozir dunyoda 300 mln. ga yaqin shaxs giyohvandlikka chalingan bo‘lib, aksariyatini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi ham og‘ufurushlar bilan bog‘liq.