Ayollar qanoti

2008-yil 20-iyunda O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O'zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasining birlashuv Qurultoyi qaroriga asosan, ikki partiya negizida yangi O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (qisqartirilgan rasmiy nomi O'zMTDP) tashkil topgan.
2008-yil 11-avgustda O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan qayta ro'yxatdan o'tgan (194-P-sonli guvohnoma). 2008 yilning 18 dekabrida O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faol ayollarining umumiy yig'ilishida partiyaning “Ayollar qanoti” tashkil qilingan.
2008 yil 11 avgustda O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan qayta ro'yxatdan o'tgan (194-P-sonli guvohnoma). 2008 yilning 18 dekabrida O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faol ayollarining umumiy yig'ilishida partiyaning “Ayollar qanoti” tashkil qilingan.
Hozirda 320014 mingta partiya a'zolarining 142525 nafarini ayollar tashkil qiladi.

 

 “AYOLLAR QANOTI”NING

 

Asosiy maqsadlari:
- xotin-qizlarlarning huquqiy, iqtisodiy, siyosiy bilimlarini oshirish, ma'naviy salohiyatini yuksaltirish.
-sog'lom turmush tarzini shakllantirish va targ'ibot qilish, xotin-qizlarda o'zini o'zi anglash tuyg'usini mustahkamlash, ularning ijtimoiy mavqelarini ko'tarish;
 -yosh xotin-qizlarni milliy an'analar va ma'naviy qadriyatlarga asoslangan
oilaviy hayotga, barkamol onalikka tayyorlash;

 

Asosiy vazifalari:

 

 • partiyaning xotin-qizlar faoliyatiga qaratilgan dasturiy maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etish yuzasidan aniq takliflar, tadbirlar rejasi, dasturlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta'minlash;
• xotin-qizlarda milliy g'urur, Vatanga sadoqat, qadriyatlarga hurmat tuyg'usini uyg'otish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aql-zakovatini ulug'vor va ezgu ishlarga yo'naltirish, shuningdek, kelajakda oilada va jamiyatda munosib o'rin egallashlariga ko'maklashish;
 • xotin-qizlar o'rtasida milliy qadriyatlarni, huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish g'oyalarini keng targ'ib qilish, ushbu maqsadlarni amalga oshirishda xotin-qizlarga yo'naltirilgan partiya mafkurasi tizimini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;
• xotin-qizlar ongini turli xil ekstremistik g'oyalar, oqimlar ta'siridan himoya qilish maqsadida soha mutaxassislari bilan hamkorlikda ma'naviy – ma'rifiy, ahloqiy tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan tadbirlarni o'tkazish;
 • partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish yuzasidan xotin-qizlar o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, partiya g'oyalarini ommaviy axborot vositalarida keng targ'ib qilish, zarur hollarda matbuot anjumanlari tashkil qilish.
 • oila, onalik va bolalikni ximoya qilish, qo'llab – quvvatlash, nogironlarni, yolg'iz shaxslarni va qariyalarni ijtimoiy va ma'naviy jihatdan qo'llab quvvatlash

 

 

O'zMTDP “Ayollar qanoti” partiya Dasturida nazarda tutilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda yuksak bilim va malakaga ega bo'lgan faol, tashabbuskor xotin-qizlarning huquqiy va siyosiy tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, yuksak salohiyatli, yangilikka intiluvchan xotin-qizlarga o'z iste'dodlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida “Donolik va tashabbuskorlik – siyosiy etakchilik mezoni” shiori ostida «XXI asr ayoli» ko'rik-tanlovi o'tkazib kelmoqda.

 

 

Ko'rik-tanlov uch bosqichdan iborat bo'lib unda, ijtimoiy-siyosiy hayotda faol, 20 yoshdan kichik bo'lmagan faol xotin-qizlar, O'zMTDP a'zolari ishtirok etishlari mumkin. 2009 yilda ushbu ko'rik-tanlovni o'tkazish jarayonida ishtirok etganlar va qo'llab-quvvatlovchilar 3000 nafardan ortiqni tashkil etgan. O'tgan 10 yil davomida tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida 10 000 dan ortiq, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarida 2000 dan ortiq, Respublika bosqichlarida jami 140 nafar faol partiyadosh ayollarimiz ishtirok etdi.

 

 

Shuningdek, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish yo'lida xotin-qizlar o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish va ularning partiyamiz safidagi salmog'ini oshirish borasida turli -seminarlari, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirishga yo'natirilgan “Xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi o'rni: qonuniy kafolatlar va ularning amaliyotda qo'llanilishi”, “Ayol va huquq”, “Ayol va siyosat”, “Jamiyatning ma'naviy-ma'rifiy sohasi rivojida xotin-qizlarning roli”, “Xotin-qizlarni siyosiy-huquqiy bilimlarini yuksaltirishda siyosiy partiyalarning o'rni”, “Ayol, oila va jamiyat: Qonun hujjatlari va ularni yanada takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari” mavzularida ilmiy-amaliy seminar va konferentsiyalar, jamiyatning asosiy bo'g'ini bo'lmish oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlarning ijrosini ta'minlash, yosh oilalarning ma'naviy salohiyatini oshirish va ularning barqarorligini ta'minlash, oilada yuz berayotgan ijtimoiy muammolarning oldini olish va ularni bartaraf etishga ko'maklashishning yangicha yondoshuvlarini aniqlash maqsadida “Ona va bola salomatligi muxofazasi – mustaqil O'zbekiston davlatining ijtimoiy siyosatida markaziy masala sifatida”, “Sog'lom turmush tarzi – salomatlik garovi”, “Oilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odat va an'analarning qo'llanilishi”, “Yosh oilalarning barqarorligini ta'minlashda nikoh shartnomalarining ahamiyati”, “Xotin-qizlar – demokratik jarayonlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi”, “Ayol – millat ovozi” mavzularida davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

 

2021 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, sog'lom va barkamol avlod tarbiyasi, oila va jamiyat asoslarini mustahkamlash yo'lida o'zining munosib hissasini qo'shib kelayotgan xotin-qizlar orasidan partiyaning barcha darajadagi 26 nafar faol xotin-qizlari ham yuksak unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
Jumladan:
  - “Mo'tabar ayol” ko'krak nishoni – 8 nafar;
  - “Shuhrat” medali – 3 nafar;
  - “Mehnat shuxrati” ordeni – 4 nafar;
  - “Do'stlik” ordeni – 1 nafar;
  - II darajali “Salomatlik” ordeni – 1 nafar;
  - II darajali “Sog'lom avlod uchun” ordeni – 3 nafar;
  - “Mehr saxovat” ko'krak nishoni – 1 nafar;
  - “Umid uchquni” ko'krak nishoni – 1 nafar;
  - “Vafo va Sadoqat uchun” medali – 2 nafar;
  - “Koronavirusga qarshi fidokorona kurashgani uchun” ko'krak nishoni – 1 nafar;

 

  - “Zulfiya” mukofoti – 1 nafar.

 

 

O'zMTDP Markaziy kengashi ish rejasining 16-bandi bilan tasdiqlangan “Xizmat - beminnat” loyihasi doirasida“Ayollar qanoti” tomonidan xotin-qizlarni bepul kasb-hunarga o'rgatishga qaratilgan, “Ustoz-shogird” an'analarini rivojlantirish maqsadida mahallalarda istiqomat qilayotgan “Temir daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan, vaqtincha ishsiz xotin-qizlar qo'shimcha bepul kasb-hunarga o'rgatilmoqda. Unda o'quv kurslari (1 oylik, 3 oylik, 6 oylik hamda 1 yillik muddatlarda) tashkil qilinib, Respublika va xalqaro tanlovlar g'oliblari, shu bilan birga ko'ngillilar tomonidan tikuvchilik, to'quvchilik, milliy liboslarga bezak yasash, matoga gul bosish, kashtachilik, zardo'zlik, gilamdo'zlik, milliy qo'g'irchoqlar yasash, biserdan suvenir buyumlar yasash, pazandachilik, karving, qandolatchilik, shirapazlik, milliy taomlar tayyorlash, sartaroshlik, hamshiralik, dizaynerlik, naqqoshlik kabi kasb-hunarlar o'rgatilmoqda. Mazkur o'quv kurslarida bugungi kunda 2 492 nafar xotin-qizlar qamrab olindi
 
Xotin-qizlar muammolari bilan tizimli ishlash maqsadida ishga tushirilgan @MTAyollarmurojaatiBot ni aholi o'rtasida keng ommalashtirish maqsadida maxsus post bannerlar tayyorlandi hamda respublika bo'yicha barcha aholi gavjum joylarida targ'ibotlari tashkil etildi.