Yoshlar qanoti

2008-yil 20-iyunda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Oʻzbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasining birlashuv Qurultoyi qaroriga asosan, ikki partiya negizida yangi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (qisqartirilgan rasmiy nomi OʻzMTDP) tashkil topgan.

2008-yil 11-avgustda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan qayta roʻyxatdan oʻtgan (194-P-sonli guvohnoma).

2008-yilning 18-dekabrida Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faol ayollarining umumiy yigʻilishida partiyaning “Yoshlar kanali” tashkil qilingan.

OʻzMTDPning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda barcha tuman, shahar Kengashlarida “Yoshlar qanoti” tashkil qilingan boʻlib, ular joylarda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va partiya safida ularning salmogʻini koʻpaytirish borasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Hozirda 320 014 mingta partiya aʼzolarining 157 188 nafarini yoshlar tashkil qiladi.

 

“Yoshlar qanotining”ning asosiy maqsadlari:

 

• Yoshlarni mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda fidoyi va vatanparvar, navqiron avlodning munosib ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashish;

• Yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, turli yot gʻoyalarga qarshi immunitetini shakllantirish hamda ularni axborot xurujlariga kurashishda faolligini oshirish, globallashgan axborot bozorida kreativ axborot kontentini yaratishga yoshlarni safarbar etish;

• Yoshlar oʻrtasida ishsizlikni bartaraf etishda hukumat, hokimliklar, vazirliklar, nodavlat notijorat tashkilotlar va jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

• Yoshlarimizda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlarga nisbatan daxldorlik tuygʻusini shakllantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish

 

 

 

Asosiy vazifalari:

• Yoshlarni zamonaviy jamiyatda mavjud tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan loyihalar, dasturlar, tadbirlar, tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va amalga oshirishda koʻmaklashish;

• Salohiyatli yoshlarni ish bilan taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorlikni ish beruvchilar rivojlantirish va chuqurlashtirishga koʻmaklashish;

• Partiyaga berilgan vakolatlar doirasida yoshlarning, ayniqsa, qishloq joylarda, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash uchun ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishda partiya ishtirokini va faolligi taʼminlashda tashabbus koʻrsatish kabi say-harakatlarni qoʻllab quvvatlash;

• OʻzMTDP faoliyati, ish rejasi shuningdek “Yoshlar qanoti” nizomiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid takliflar ishlab chiqish va taqdim etish;

• OʻzMTDP Markaziy kengashi hamda hududiy tashkilotlarida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti”ga OʻzMTDPdan saylangan yosh siyosatchilar faoliyatini kuzatib borish.

 

 

OʻzMTDP “YOSHLAR QANOTI”GA AʼZOLIKNING IMTIYOZLAR VA IMKONIYATLARI

 

 

3.1. Yoshlarni zamonaviy jamiyatda mavjud tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan loyihalar, dasturlar, tadbirlar, tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va amalga oshirishda koʻmaklashish.

3.2. Salohiyatli yoshlarni ish bilan taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorlikni ish beruvchilar rivojlantirish va chuqurlashtirishga koʻmaklashish.

3.3. Partiyaga berilgan vakolatlar doirasida yoshlarning, ayniqsa, qishloq joylarda, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash uchun ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishda partiya ishtirokini va faolligi taʼminlashda tashabbus koʻrsatish kabi say-harakatlarni qoʻllab quvvatlash.

3.4. OʻzMTDP faoliyati, ish rejasi shuningdek “Yoshlar qanoti” nizomiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid takliflar ishlab chiqish va taqdim etish.

3.5. OʻzMTDP Markaziy kengashi hamda hududiy tashkilotlarida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti”ga OʻzMTDPdan saylangan yosh siyosatchilar faoliyatini kuzatib borish.

 

 

OʻzMTDP “YOSHLAR QANOTI”GA AʼZOLIK

 

 Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan, partiyaning Ustav va Dasturini, gʻoya, maqsad va vazifalarini yoqlovchi har bir fuqarosi – OʻzMTDP “Yoshlar qanoti” aʼzosi boʻlishi mumkin.

5.1. OʻzMTDP “Yoshlar qanoti” aʼzosi boshqa jamoat tashkilotlariga ushbu tashkilotlarning faoliyati OʻzMTDP va “Yoshlar qanoti”ning maqsad va vazifalariga zid kelmagan taqdirda aʼzo boʻlishlari mumkin.

5.2. OʻzMTDP “Yoshlar qanoti”ga aʼzolik – berilgan ariza asosida yakka tartibda koʻrib chiqiladi. OʻzMTDP “Yoshlar qanoti”ga aʼzo boʻlish istagini bildirgan shaxs, oʻzi yashab turgan hududda faoliyat koʻrsatayotgan OʻzMTDP Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻlimiga yoki hududiy partiya tashkilotiga ariza bilan murojaat etadi.

5.3. Joylardagi OʻzMTDP Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻlimi ushbu arizani ariza berilgan kundan boshlab 1 (bir) hafta ichida koʻrib chiqishi lozim.

5.4. OʻzMTDP “Yoshlar qanoti” aʼzoligiga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi oʻz noroziligi haqida yuqori turuvchi partiya tashkilotiga shikoyat qilishi mumkin.

5.5. OʻzMTDP “Yoshlar qanoti” aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:

OʻzMTDP “Yoshlar qanoti”ning barcha tadbirlarida ishtirok etish;

ushbu Nizom doirasida, OʻzMTDP “Yoshlar qanoti”ning barcha yoʻnalishlaridagi faoliyatida tashabbus koʻrsatish, OʻzMTDP “Yoshlar qanoti” safidan oʻz arizasiga asosan chiqish.

 

 

5.6. OʻzMTDP “Yoshlar qanoti” aʼzolarining majburiyatlari:

- ushbu Nizomga va OʻzMTDP “Yoshlar qanoti”ning boshqa dasturiy hujjatlariga amal qilish;

- OʻzMTDP “Yoshlar qanoti”ning boshqa aʼzolari bilan bahs-munozaralarni odob-axloq meʼyorlari doirasida olib borish;

- OʻzMTDP Markaziy kengashi va OʻzMTDP “Yoshlar qanoti” rahbar organlari qarorlarini bajarishda toʻsqinlik qilmaslik;

- OʻzMTDP “Yoshlar qanoti” qarorlarini ijro etish boʻyicha oʻziga yuklangan majburiyatlarni masʼuliyat bilan bajarish;

- tegishli vakolatga ega boʻlmasdan OʻzMTDP “Yoshlar qanoti” nomidan bayonotlar va uning nomidan harakatlarni amalga oshirmaslik.

5.7. OʻzMTDP “Yoshlar qanoti”ga aʼzolik undan arizaga asosan chiqib ketganda yoki uning safidan chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganida toʻxtatiladi.

5.7.1. OʻzMTDP “Yoshlar qanoti” aʼzosi quyidagi hollarda aʼzolikdan chiqarib yuborilishi mumkin:

- ushbu Nizomda belgilangan majburiyatlarni bajarmaganda;

- Nizom normalarini buzganda;

- OʻzMTDP “Yoshlar qanoti” va uning organlari qarorlarini bajarmaganda;

- boshqa partiya aʼzoligiga oʻtganda.

 

 

5.7.2 OʻzMTDP “Yoshlar qanoti” aʼzoligidan chiqarib yuborilgan shaxs, chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror ustidan partiyaning yuqori turuvchi tarkibiy tuzilmasiga shikoyat qilishi mumkin.

 

“Yoshlar qanoti” Kengashining mutlaq vakolat va vazifalari:

7.1. Konferensiyani chaqirish toʻgʻrisida taklif kiritish;

7.2. Konferensiyalar orasidagi davrda Partiya “Yoshlar qanoti” Kengashi tarkibidan ayrim sabablarga koʻra chiqarilgan aʼzolari oʻrniga yangi aʼzolarni saylash va tasdiqlash (ular keyinchalik navbatdagi Konferensiyada tasdiqlanadi);

7.3. “Yoshlar qanoti”ning istiqbolga moʻljallangan, joriy harakat rejalarini ishlab chiqish;

7.4. Hududiy partiya tashkilotidagi “Yoshlar qanoti” faoliyatini oʻrganish va koʻrsatmalar berish hamda OʻzMTDP MK IQ devoni Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻlimiga tegishli tartibda yozma maʼlumotlar taqdim etish.

 

 

Yoshlar qanotining loyihalari:

  Liderlar onlayn maktabi;

 “Xizmat beminnat” koʻngilli ziyolilar loyihasi;

•  “Uyma-uy” loyihasi;

•  «Ikki og’iz gap» loyihasi;

 

 «Vatandosh bilan suhbat» loyihasi

 

 

• “Navoiy vorislari”;

•  Deputat bilan yuzma-yuz;

•  Koʻmak targʻibot guruhi.