Partiya yangiliklari

43

"Saylov qonunchiligidagi yangiliklar"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Saylov kodeksiga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar, ilk bor ishtirok etadigan yoshlarning huquq va erkinliklari, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining bo‘lajak saylovda munosib ishtirokini taʼminlash bo‘yicha belgilangan vazifalar.

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan "Saylov qonunchiligidagi yangiliklar" mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida yuqorida qayd etilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.