So'ngi yangiliklar

14.08.2021

Oksana Chusovitina bilan uchrashdik

Afsona sportchi. O‘g‘liga vaʼda bergani uchungina sport faoliyatini yakunlaganini, aksincha keyingi olimpiadada ham ishtirok etadigan ishtiyoqi borligini aytdi. Bu ko‘zlaridan ko‘rinib turibdi.

 

O‘zbekistonda gimnastikani rivojlantirish bo‘yicha bergan takliflari juda aniq va asosli. Agar O‘zbekistondagi muhit va imkoniyatlardan samarali foydalanilsa birgina shu sport turida 12 tagacha medal olish imkoniyati yuzaga keladi. 

 

Menda savol paydo bo‘ldi: nega parlamentimizda sportchilar yo‘q? Ulardek sport muammolarini kim ham anglashi mumkin? Balki sportimizning jadal rivojlanib ketmayotgani qonun ijodkorligida sohaning professional vakillari ishtirok etmayotgani bilan ham bog‘liqdir?

 

Oksana bilan birga ishlaymiz. Uni saflarimizga taklif qildik.