Nuqtai nazar

G'amxo'rlik va baxtiyorlik baxsh etgan tashrif

Davlatimiz rahbarining poytaxtimizdagi 21-sonli Mehribonlik uyiga tashrifi bu yerda tarbiyalanayotgan yoshlar hayotida butun umrga muhrlanib qoladigan voqelik bo‘ldi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Davlatimiz rahbarining poytaxtimizdagi 21-sonli Mehribonlik uyiga tashrifi bu yerda tarbiyalanayotgan yoshlar hayotida butun umrga muhrlanib qoladigan voqelik bo‘ldi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mazkur tashrif yurtimizda faoliyat yuritayotgan 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasida tarbiyalanayotgan 1823 nafar o‘g‘il-qizlarimizning ertangi hayotiga bo‘lgan ishonchini yanada oshishiga xizmat qilibgina qolmay, ularning mamlakat rahbari g‘amxo‘rligining yana bir bor bevosita his etish imkonini berdi. Ayniqsa, davlat rahbarining “Shuni bilinglarki, sizlarning ota-onangiz, vataningiz bor. Davlat sizlarni hech qachon eʼtiborsiz qoldirmaydi”, degan so‘zlari ularning ko‘nglini tog‘dek ko‘taribgina qolmay, qalblariga hech qanday so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan cheksiz baxtiyorlik olib kirdi.
Yurtboshimiz Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, g‘amxo‘r ota timsolida ularning orzu-umidlari bilan ham qiziqdilar. Tarbiyalanuvchilar Milana Novoselova psixologiyaga qiziqishi katta ekani va kelajakda mazkur sohada yetuk mutaxassis bo‘lishini aytgan bo‘lsa, Isfandiyor Rahimjonov bolalikda aktyor va rejissyorlik kasbiga o‘zgacha mehr qo‘yganligini taʼkidlab o‘tdi.
Bugun Yunusobod tumanidagi 21-Mehribonlik uyiga O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi qo‘mondoni general mayor R.Jo‘rayev, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.Akramov, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor I.Majidov, O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat universiteti rektori, professor I.Yuldashev, OAV va mehribonlik uyi jamoasi ishtirokida Milana Novoselovaga O‘zbekiston milliy universitetiga, Isfandiyor Rahimjonovga esa O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga o‘zlari tanlagan taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinganliklari munosabati bilan tegishli sertifikat hamda talabalik guvohnomalarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish va ularni har tomonlama komil inson bo‘lib yetishishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
Xususan, mamlakatimizdagi Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan yigit-qizlar berilayotgan eʼtiborni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarni to‘liq amalga oshirish, ularni nafaqat taʼlim-tarbiya olishlariga, balki tarbiyalanuvchilarning o‘z uy-joyiga hamda ish o‘rinlariga ega bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topib ketishigacha bo‘lgan jarayonda yurtboshimiz g‘amxo‘rligini his etib yashashlari uchun yangi tizim bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishiga ishonch bildirdilar.
Abdumalik AKRAMOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati