Rahbariyat

Qodirov Alisher Keldiyevich

O‘zMTDP Markaziy Kengashi raisi

Qodirov Alisher Keldiyevich 1975-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yil Turkiyaning Egey universitetini, 2009-yil Toshkent moliya institutini, 2011-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi filolog, iqtisodchi.

     1996-1997 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Jizzax viloyati boshqarmasi yetakchi  mutaxassisi bo‘lib ishlagan.

     1997-2008 yillarda Jizzax viloyati davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan.

     2008–2015 yillarda Jizzax viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

     A.Qodirov 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

     2017-2019 yillarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

     A.Qodirov 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Hozirgi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.