Rahbariyat

Jumabayev Akmaljon Adilovich
O'zMTDP Markaziy kengashi Devoni rahbari
Jumabayev Akmaljon Adilovich 1983-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Andijon davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi tarix.
2007-2008-yillarda, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati muassisligidagi “Yetakchi yoshlar markazi” Andijon viloyati filliali rahbari, 2008-2009 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati Kengashi yoshlarning ijtimoiy masalalari, korxona, tashkilot va muassasalardagi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri, 2009-2013 yillarda Kengash raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi.
2013-2014-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati Kengashi raisi.
A. Jumaboyev 2015-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
2020-yil 29-yanvardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya apparati rahbari.
2010-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.