Rahbariyat

Abduraxmonov Mirodil Abdullayevich
O'zMTDP Markaziy kengashi raisining Mafkuraviy ishlar va axborot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari
Abdurahmonov Mirodil Abdullayevich 1964-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi filolog-adabiyotshunos.
1981-1982-yillarda Toshkent shahar 57-sonli qurilish boshqarmasi duradgori, 1982-1984 yillarda harbiy xizmatda, 1984-1987 yillarda “O‘qituvchi” nashriyotida musahhih, 1987-1989 yillarda Farg‘ona viloyati (Kommuna) “Farg‘ona haqiqati” gazetasida muxbir, bo‘lim boshlig‘i, 1989-1993-yillarda Respublika “Qishloq haqiqati” gazetasi muxbiri, bo‘lim boshlig‘i, 1993-1994 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining “Mehnat” gazetasi Bosh muharriri o‘rinbosari, 1994-1994 y O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining “Hayot va qonun” jurnali Bosh muharriri o‘rinbosari, 1994-2004 yillarda “Mulkdor” iqtisodiy gazetasi Bosh muharriri, 2004-2014-yillarda “XXI ASR” ijtimoiy-siyosiy gazetasi Bosh muharriri, 2014-2015 yillarda “Turkiston-press” axborot agentligi Bosh direktori o‘rinbosari, 2016-2017-yillarda “Bolalar sporti” madaniy-maʼrifiy axborot gazetasi tashkiliy ishlar masalalar bo‘yicha maslahatchi vazifalarida ishlagan.
2017-2019-yillarda “Iqtisodiy Gazeta” ijtimoiy-iqtisodiy gazetasi bosh muharriri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2019-yilning 2 avgustidan O‘zMTDP Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari – rais o‘rinbosari, raisning matbuot kotibi.