Rahbariyat

Tilavoldiyev Nodirbek Xakimovich

O'zMTDP Markaziy kengashi raisining Vakillik organlaridagi deputatlik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari

 Tilavoldiyev Nodirbek Xakimovich 1979-yil Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2001-yil. Stetson universiteti (AQSH, Florida), 2005-yil. Farg‘ona politexnika instituti tamomlagan. Mutaxassisligi biznesni boshqarish, menejment.

     2001-2002 yy. - Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi katta soliq inspektori, 2002-2003 yy. - Farg‘ona shaxar davlat soliq inspeksiyasi yuridik bo‘lim inspektori, 2003-2005 yy. - Farg‘ona Gaz Apparaturalar zavodi sirlash sexi ish taqsimotchisi, 2005-2007 yy. - Farg‘ona Gaz Apparaturalar zavodi marketing bo‘limi 2-toifali mutaxassisi, 2007-2008 yy. - Farg‘ona Gaz Apparaturalar zavodi marketing bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, 2008-2008 yy. - “Avtotexxizmat-Nur” xususiy firmasi marketing mutaxassisi, 2008-2011 yy. - “SIMUS” MCHJ marketing bo‘yicha menedjeri, 2012-2014 yy. - Farg‘ona shahar “UZSUNGWOO” MCHJ qo‘shma korxonasida xaridlar va materiallar nazorati bo‘limi menedjeri, 2014-2017 yy. - Farg‘ona shahar “UZSUNGWOO” MCHJ qo‘shma korxonasida import  bo‘limi menedjeri, 2017-2017 yy. - Farg‘ona shahar “UZSUNGWOO” MCHJ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarish bosh menedjeri, 2017-2018 yy. - Farg‘ona shahar “UZSUNGWOO” MCHJ qo‘shma korxonasida lokalizatsiya bo‘limi bosh menedjeri, 2018-2019 yy. - Farg‘ona viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri, 2019-2020 yy. - Farg‘ona viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri, 2020 y.  -  h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

     2021-yilning 4-martidan O‘zMTDP Markaziy kengashi raisining raqamli rivojlanish va axborot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari (jamoatchilik asosida).