Rahbariyat

Muhamedjanova Feruza Xatamdjanovna

Xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

     Muxamedjanova Feruza Xatamdjanovna 1978-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi jurnalist.

     1995-yilda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga qarashli “Sahovat” jurnalida katta adabiy xodim, 2003-2008 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent” Davlat unitar korxonasi muharriri, katta muharriri, 2008-2010-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent” Davlat unitar korxonasi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy ko‘rsatuvlar bosh muharririyati bosh muharriri vazifalarida ishlagan.

     2010-2016-yillarda O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

     2016-yilning 16-iyulidan O‘zMTDP Markaziy Kengashi raisining xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

     F. Muxamedjanova mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, ularning tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda yoshlar siyosatini amalga oshirishdagi xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.