Rahbariyat

Jumabayev Akmaljon Adilovich

Markaziy kengashi Ijroiya apparati rahbari

     Jumabayev Akmaljon Adilovich 1983-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Andijon davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi tarix.

     2007-2008-yillarda, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati muassisligidagi “Yetakchi yoshlar markazi” Andijon viloyati filliali rahbari, 2008-2009 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati Kengashi yoshlarning ijtimoiy masalalari, korxona, tashkilot va muassasalardagi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri, 2009-2013 yillarda Kengash raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi.

     2013-2014-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati Kengashi raisi.

     A. Jumaboyev 2015-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

     2020-yil 29-yanvardanO‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya apparati rahbari.

     2010 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.