Yangiliklar

Sunʼiy ong xavfmi yoki imkoniyat?

297

26.04.2024

current article imagecurrent article image
current article imagecurrent article image
current article imagecurrent article image
current article imagecurrent article image

Partiya Markaziy kengashida “Sunʼiy intellektning xatar va foydali jihatlari” mavzuida navbatdagi o‘quv bo‘lib o‘tdi.

 

“Sunʼiy intellekt” atamasi o‘tgan asrning 50-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lsada, 80-yillarga kelib kashfiyot sifatida eʼtirof etildi. Asrimiz boshlarida esa olimlar ushbu yo‘nalishga eʼtiborni kuchaytirib, turli dasturlar yaratishni boshladilar. Sohani moliyalashtiradigan yirik kompaniyalar paydo bo‘ldi. Natijada bu borada yangi texnologiyalar, dasturlar soni keskin oshib, raqobat kuchaydi, sunʼiy intellekt vositalari mukammallashib bordi.

 

Tabiiyki, bunday omillar insoniyat oldida “Sunʼiy ong xavfmi yoki imkoniyat?”, “Sunʼiy intellekt” rivoji ishsizlikni kuchaytiradimi?”, “Nahot endi insoniyatni robotlar boshqarsa?” kabi javob berishi qiyin bo‘lgan savollarni tug‘dirdi. Umuman, O‘zbekistonda bu borada qanday ishlar qilinmoqda? Aynan qanday sohalarda undan keng foydalanish mumkin?

 

O‘quvda ushbu savollarga batafsil javob qaytarildi. Ayniqsa partiya tizimida “Sunʼiy intellekt” xizmatidan qanday foydalanish mumkinligini amaliy ishlar bilan ko‘rsatib berildi.

 

Aslan Tajikulov,

partiya Markaziy kengashi yetakchi mutaxassisi