Nuqtai nazar

Ta’lim-tarbiya kelajak shakllanadigan soha.

Ta’lim-tarbiya kelajak shakllanadigan soha. Bu yerda kelajakni shakllantiradigan fidoyilar ishlaydi va ular qahramonlardir.

    Shu bilan birga sohada kelajakka xiyonatchilar ham aralashib yuribdi. Bolani sog‘lom, tarbiyali va bilimli bo‘lishini tashkil qilishdek mas’uliyat yuklangan inson bolalarni ozuqasini o‘g‘irlasa, sifatlisini “vijdonsizlarcha” o‘zi yeb, bolalarga qoldiqlarini yoki eskiroqlarini yedirib yuborsa. Bilim o‘rniga bolalar tafakkuriga “xatolar paketi” yoki “bo‘shliq”ni joylasa. Pulini olib, qulab tushadigan ko‘prikni loyihalaydigan muhandisga “a’lo”ni bosib bersa... bu toifa inson bu qadar mas’uliyatli joyda nima qilib yuribdi, degan savol tug‘ilishidek tabiiy nima bor?

    Men Jinoyat kodeksiga "Kelajakka xiyonat" bobini kiritishni va ushbu bobda bolalar bog‘chasi, maktab va oliygohlarda vazifasiga xiyonat qilayotganlar, bolalarimizni xaqqi va vaqtini o‘g‘rilayotganlarga nisbatan choralar belgilanishini taklif qilaman. 

    Takror aytaman, bu sohada qahramonlar ishlashi kerak. Va ularning maoshlari ham, mehnat sharoitlari ham eng yuqori darajada bo‘lishi shart.

343

08.06.2023

image