Boshqaruv organlarini maqbullashtirish bo‘yicha qaror qanchalar og‘ir bo‘lmasin to‘g‘ri qaror — Янгиликлар — Миллий тикланиш

Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партияси

Партия логотипи Партия логотипи

Boshqaruv organlarini maqbullashtirish bo‘yicha qaror qanchalar og‘ir bo‘lmasin to‘g‘ri qaror

Kam haq berib ko‘p odamni kamfoydali ishlatgandan ko‘ra kam odamni ko‘p haq berib foydali ishlatgan ming marta yaxshi.

5 mingdan ortiq fuqarolar daromad manbaini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi, qanchasi ishsiz qiynaladi…

Davlat xizmati fuqarolarning asosiy daromad manbai bo‘lmasligi kerak.

“Yo‘qdan ko‘ra shu ham yaxshi” qabilida ishlab yurganlar majbur o‘zlarini yangidan izlashni boshlaydilar.

Xususiy biznes tajribali, lekin davlatning “xo‘p bo‘ladi” tizimida ko‘milib yotgan qobiliyatlarni kashf qiladi.

Milliardlab byudjet mablag‘lari hisobiga taraqqiyot uchun foydali loyihalar amalga oshadi.

Lekin bu qaror boshqaruvdagi muammolarni bartaraf etish uchun kam.

Odamlarning dunyoqarashi o‘zgarmas ekan boshqaruvning dunyoqarashi o‘zgarmaydi.

So‘nggi 5 yilda jamiyatda davlatning “ota”lik roli oshib ketdi. Qarmoqlarni omborga qo‘yib baliq tarqatayapmiz.

Sobiq sovetda emlangan ”boqimandalik” yana haroratni ko‘tarayapdi. Shikoyatbozlik, hasad, g‘iybat va g‘alamislik xuquqiy ong oshib borayotganligining ko‘rsatkichi emas, o‘zimizni aldayapmiz.

Odamlar haqini ximoya qilish uchun sudga emas Prezidentga murojaat qilishmoqda. Murojaatlarning mazmunan ko‘pi “tekin sigir bermagani uchun mahallani ishdan bo‘shat”, “10 million so‘mdan kam bo‘lmagan maoshli ish topib ber”, “xokim meni uyimni taʼmirlab bermadi” ekanligi dardimizning darajasini ko‘rsatadi.

Odamlar meni xalq tarafini olmaslikda ayblashadi. Aksincha, men o‘zbek xalqini dunyoda o‘rnini topishi, katta davlatlarning qosh-qovog‘iga bog‘lanib yashamasligi uchun o‘zgarishi kerak deb hisoblayman.

O‘zgarish doim og‘riqli bo‘ladi.

Kamchiliklarimizni yashirib, o‘zimizni o‘zimiz aldab shu holatga kelganmiz.

Yaxshi yashash uchun o‘zimizni o‘zimiz isloh qilishimiz kerak. Aksincha hech qanday hokimiyat bizni isloh qilolmaydi.

@alisher_qodirov