Boysunda do‘ppi festivali o‘tkazildi — Янгиликлар — Миллий тикланиш

Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партияси

Партия логотипи Партия логотипи

Boysunda do‘ppi festivali o‘tkazildi

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi «Yoshlar qanoti» tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida tog‘li Boysunning “Sharshara” dam olish maskanida «Do‘ppi – milliy g‘urur ramzimiz!» shiori ostida milliy “Do‘ppi” festivali o‘tkazildi.

Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilgan festivalda Boysunning dunyoga mashhur “Lolagul”, “To‘ldirma”, “Childo‘ppi” kabi o‘nlab nomdagi do‘ppilari, hunarmandchilik mahsulotlari namoyish qilindi. Shuningdek, partiyaning Boysun tuman Kengashi raisining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, hunarmand Maftuna Azizova tomonidan tuya junidan to‘qilgan 25 metrlik gilam taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Muhtaram Prezidentimizning Surxondaryoga tashrifi davomida viloyatda do‘ppichilik va baxshichilikni yana-da rivojlantirish borasidagi ko‘rsatmasi vohada bu yo‘nalishdagi ishlarni yana-da rivojlantirish uchun dasturilamal bo‘layotganini taʼkidlab, Boysun do‘ppisining o‘ziga xos jihatlari haqida gapirdi. Shuningdek, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining Saylovoldi dasturida xalqimizning urf-odat, anʼana va qadriyatlarni saqlash va boyitish borasida belgilagan vazifalar va ularning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

O‘zMTDP Surxondaryo viloyati Kengashi axborot xizmati