Deputat ko‘magi bilan 20 nafar ayol hunar o‘rganyapti — Янгиликлар — Миллий тикланиш

Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партияси

Партия логотипи Партия логотипи

Deputat ko‘magi bilan 20 nafar ayol hunar o‘rganyapti

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Boysun tumani kengashi deputati Abdullo Rahimov tashabbusi bilan “Xizmat-beminnat” loyihasi doirasida ikki oylik bepul tikuvchilik o‘quv kursi tashkil qilindi.

Kursga kam taʼminlangan oilalarning ishsiz bo‘lgan 20 nafar aʼzosi jalb qilindi. Tuman bandlikka ko‘maklashish markazi esa ularga stipendiya to‘laydigan bo‘ldi.

O‘zMTDP Surxondaryo viloyati kengashi Axborot xizmati