Diniy rasm-rusmlar nima, uning diniy marosimdan qanday farqi bor? — Янгиликлар — Миллий тикланиш

Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партияси

Партия логотипи Партия логотипи

Diniy rasm-rusmlar nima, uning diniy marosimdan qanday farqi bor?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida deputatlar dastlab “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonuni loyihasini muhokama qildilar.

Maʼlumki, amaldagi qonun 1991 yilda ishlab chiqilgan va 1998 yilning 1 mayida yangi tahrirda qabul qilingan. Tabiiyki, ayrim moddalar bugungi kun talablariga javob bermay qoldi. Shu bois, mazkur qonun loyihasi qayta tayyorlandi va unda uchta manbaga tayanildi: milliy, xorijiy va xalqaro standartlar. Loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgach 500 dan ortiq takliflar kelib tushdi va ularning aksariyati eʼtiborga olindi.

Qayd etilganidek, loyihada vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq ayrim savollarga yechim topilmoqda. Jumladan, amaldagi qonun belgilab qo‘yilgan “…jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmaydi” degan taqiqlovchi norma chiqarib tashlanmoqda. Dindorlarning diniy eʼtiqodi bilan bog‘liq his-tuyg‘ularini haqoratlashga yo‘l qo‘yilmasligi kafolatlanmoqda.

Shu bilan birga, qonunchilikka rioya qilmagan diniy tashkilotlarning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish va cheklash qoidalari belgilangan. Diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi yengillashtirilib, amaldagi qonunda bir qator cheklovlar olib tashlanyapti. Shuningdek, diniy tashkilotlarga bir qator qo‘shimcha kafolatlar loyihada o‘z aksini topgan.

Fraksiya rahbari Alisher Qodirov ushbu qonun loyihasi haqida fikr bildirib, bevosita qadriyatlarimiz, eʼtiqod erkinligini taʼminlash bilan bog‘liq bo‘lgan juda ham muhim qonun loyiha ekanini qayd etib, bevosita bu masala “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi dasturlarida aks etganini taʼkidladi.   

Shundan so‘ng deputatlar loyihaga partiya maqsad va vazifalari, g‘oyalaridan kelib chiqib, o‘z fikr-mulohazalari, takliflarini bildirdilar.

Jumladan, qonun loyihasida diniy rasm-rusmlarga maʼlum bir cheklovlar bor, yaʼni bunday tadbirlar diniy idoralardan tashqarida o‘tkazish mumkin emasligi ko‘rsatilgan. Lekin loyihada diniy rasm-rusmlar haqida to‘liq taʼrif berilmagan va bu ertaga turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, yurtimizda eʼtiqodimizdan kelib chiqib, yangi idoralar, tashkilotlar ish boshlashdan oldin yaxshi niyatda xudoyi qilinadi. Bu ham diniy rasm-rusimga kiradimi? Uning diniy marosimdan qanday farqi bor?

Loyihada diniy taʼlim muassasalaridan tashqarida xususiy tartibda diniy taʼlim faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanyapti. Bunda ikkita subyektga ruxsat berilyapti. Yaʼni, ota-ona va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga o‘z farzandlariga diniy amaliyot asoslari o‘rgatish huquqi berilyapti. Ammo nima uchun farzandimizni maktabdan tashqarida diniy taʼlim berish bo‘yicha davlat vakolatli organ ruxsatini olgan, professional oliy taʼlimga ega bo‘lgan va o‘zimiz ishongan shaxsga dindan saboq olishi uchun berishimiz mumkin emas?

Qonun loyihasi masʼullari ushbu takliflarga o‘z munosabatini bildirib, ularni loyihada aks etish masalasini ko‘rib chiqishga vaʼda berdi. Deputatlar shu shart bilan, shuningdek, loyihaning muqaddas qadriyatimiz bo‘lgan dinimizning, jamiyatning maʼrifat va taraqqiyotiga xizmat qilishini eʼtiborga olib, ikkinchi o‘qishda maʼqulladilar.

Fraksiya yig‘ilishgida kun tartibiga kiritilgan boshqa qonun loyihalari ham muhokama qilinib, tegishi qarorlar qabul qilindi.