Ijod maktabida ziyolilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi — Янгиликлар — Миллий тикланиш

Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партияси

Партия логотипи Партия логотипи

Ijod maktabida ziyolilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida bir guruh ziyolilar, sanʼat sohasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva hayoti va ijodiy faoliyati aks etgan maktab-muzeyi bilan tanishuvdan boshlandi. So‘ngra yosh qalamkashlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning ijod namunalari bilan tanishildi.

Mehmonlar o‘quvchi-yoshlar bilan ijod yo‘lidagi o‘ziga xos hayotiy tajribalari bilan ham o‘rtoqlashdi. Ijoddagi mashaqqatlar, muvaffaqiyatga erishish sirlari haqida maslahat, o‘git va tavsiyalar berishdi. Bilimga chanqoq yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir yakunida maktab kutubxonasi va eng faol o‘quvchilarga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining kitoblari sovg‘a qilindi.