Ishchi guruh Zangiota tumanida bo‘ldi — Янгиликлар — Миллий тикланиш

Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партияси

Партия логотипи Партия логотипи

Ishchi guruh Zangiota tumanida bo‘ldi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh bugun Zangiotada bo‘lib, partiyaning tuman kengash faoliyati bilan tanishdi.

Joriy yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish doirasida o‘tkazilayotgan o‘rganishlarda tuman va shahar kengashlarining moddiy-texnik taʼminoti, mahalliy kengashdagi partiya deputatlik guruhi faoliyati bilan tanishilmoqda. Partiya bilan deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari tahlil qilinmoqda va siyosiy jarayonlardagi faollikni yanada oshirish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berilmoqda.