“Milliy tiklanish” ishchi guruhi Buxoroda — Янгиликлар — Миллий тикланиш

Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партияси

Партия логотипи Партия логотипи

“Milliy tiklanish” ishchi guruhi Buxoroda

Ishchi guruh dastlab viloyat kengashida bo‘lib, partiya xodimlari bilan uchrashdi. Yig‘ilishda deputatlar, deputatlik guruhlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari hamda “Ko‘mak” targ‘ibot guruhi faoliyati samaradorligini kuchaytirish, mahalliy partiya tashkilotlarining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash, xodimlarning hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Mamatxonov rahbarligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida partiya faoliyatini o‘rganishni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, ishchi guruh partiyaning viloyatdagi to‘qqizta tuman va shahar kengashlarida bo‘lib, partiya faoliyatini takomillashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar beradi.