14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Yoshlik shaharchasi kengashi tashabbusi bilan 326-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.


Partiyaning xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati, Yoshlik shaharchasi kengashi raisi Nigora Mirzayeva tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda o‘quvchilar uchun jangovor mashqlar namoyish qilindi, harbiy kuy-qo‘shiqlar yangradi. Maktabda faol bo‘lgan bo‘lajak Vatan himoyachilari taqdirlandi.
O‘zMTDP Toshkent shahar kengashi Axborot xizmati