Vatan himoyasi – muqaddas burch — Янгиликлар — Миллий тикланиш

Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партияси

Партия логотипи Партия логотипи

Vatan himoyasi – muqaddas burch

O‘zMTDP Andijon viloyati kengashi tashabbusi bilan Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi, “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati va boshqa tashkilotlar hamkorligida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda Qoravul qo‘shinlariga qarashli harbiy qism ofitser va kursantlari ishtirok etdi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi raisi Hamidjon Omonov so‘zga chiqib, barcha harbiylarni kasb bayrami bilan qutladi va partiyaning bayram sovg‘alarini ulashdi. Uchrashuv davomida musiqa va sanʼat maktabi o‘quvchilari va harbiylarning chiqishlari namoyish etildi.

O‘zMTDP Andijon viloyati kengashi Axborot xizmati