Vatan qudrati vatanparvar insonlar bilan — Янгиликлар — Миллий тикланиш

Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партияси

Партия логотипи Партия логотипи

Vatan qudrati vatanparvar insonlar bilan

Bugun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi hamda Toshkent shahar Mudofaa ishlari boshqarmasi hamkorligida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda xalq osoyishtaligining chin ma’nodagi himoyachilari – harbiy xizmatchilarning mamlakatimizdagi tinchlik, barqarorlik, milliy xavfsizligimizni taʼminlashdagi yuksak xizmatlari eʼtirof etildi.
Uchrashuvda davomida yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida mardlik, fidoyilik, jasurlik kabi fazilatlarni shakllantirishda, shuningdek, harbiylik kasbiga qiziqtirishda shu singari amaliy hamkorlik ishlari muhim ahamiyatga egaligi ham alohida ta’kidlandi.

Madaniy-maʼrifiy tadbir yakunida Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi jamoasiga O‘zMTDP Toshkent shahar kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zMTDP Toshkent shahar kengashi Axborot xizmati