Vatanga xizmat – oliy saodat — Янгиликлар — Миллий тикланиш

Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партияси

Партия логотипи Партия логотипи

Vatanga xizmat – oliy saodat

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati hududiy bo‘linmasi hamkorligida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanga xizmat – oliy saodat” mavzuida harbiylar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda e’tirof qilinganidek, mamlakatimizda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kunini milliy bayram sifatida nishonlash anʼanaga aylangani bejiz emas. Chunki, qurolli kuchlarimiz tomonidan bugungidek tinch, xotirjam hayotimiz ishonchli himoya qilinmoqda va shunday masʼuliyatli vazifani mardonavor bajarayotgan yurt o‘g‘lonlarini har qancha eʼzozlasak, shuncha oz.

Uchrashuvda partiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi Tojibay Romanov so‘zga chiqib, yurtimiz qurolli kuchlari tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.

– Eng muhim amaliy natija armiyamizdagi axloqiy-ruhiy, maʼnaviy muhitning butunlay yangilanganidir. Shu bois, mamlakat qurolli kuchlarida xizmat qilish O‘zbekiston fuqarosi uchun nafaqat Konstitutsiyaviy burch, balki yuksak sharaf, nufuzli kasbga aylandi.
Tadbirda harbiy xizmatchilarga partiya tomonidan bayram sovg‘alari ulashildi, konsert dasturi namoyish etildi.

O‘zMTDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi Axborot xizmati