Yangiliklar

639 28-09-2021
Milliy tiklanish” tashabbusi butun Qonunchilik palatasiga joriy qilinmoqda
Oliy Majlis deputati o‘z saylovchilari bilan ham tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishi lozim. Lekin Qonunchilik palatasi deputatlari har doim ham bu vazifani to‘la bajarish imkoniyatiga ega emas. Bu esa deputat yordamchisi institutini joriy etish zaruratini tug‘dirmoqda. Shu bois, ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida ushbu qonun loyihasi ham qizg‘in muhokama qilindi.
Taʼkidlash lozim, ushbu tashabbus “Milliy tiklanish” fraksiyasi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, 2020-yilning yanvarida bo‘lib o‘tgan fraksiyaning birinchi taʼsis yig‘ilishida bu haqda maʼlum qilingan edi. O‘shanda fraksiya rahbari Alisher Qodirov yangi institut haqida gapirib, endi 36 nafar fraksiya aʼzosining o‘z saylov hududida 36 nafar yordamchisi bo‘lishini va ular Toshkentda o‘tirgan deputatning joylardagi “ko‘zi” va “qulog‘i” bo‘lishini aytgan edi.
Bugun ushbu tashabbus butun Qonunchilik palatasiga joriy qilinmoqda. Yaʼni, deputat yordamchisiga qo‘yiladigan talablar, vazifalar, ishga qabul qilish va mehnatga haq to‘lash normalari belgilanmoqda.