Yangiliklar


255

Partiyamiz vakillari kuchli uchlikdan joy oldi

18–21-noyabr kunlari Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida yoshlar ishtirokida «Yoshlar qarorlari» keys-chempionatining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning turli davlatlardan jami 102 ta jamoada 1000 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston tomonidan "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining  Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari Shaxnoza Joldasova, Elbek Nurmatov va Nodirbek Murodovlardan iborat “Renessans” jamoasi qatnashdi. 

Vakillarimiz tadbirda yoshlarga oid davlat siyosati, davlat boshqaruvi masalalariga taalluqli loyihalar bilan ishtirok etib, avvalo yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu bosqichda 20 ta jamoa ichidan 5-o‘rinni egallab, finalga yo‘l oldi. 

 

Quvonarlisi, finalda ishtirok etgan partiyamiz aʼzolari 3-o‘rinni egallab, katta kubok va diplom bilan taqdirlandi.