Yangiliklar


235

Xorazmda “XXI asr ayoli” aniqlandi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “XXI asr ayoli” Respublika ko‘rik-tanlovining Xorazm viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovni partiyaning Xorazm viloyat Kengashi raisi Rajapboy Ro‘zmetov ochib, tanlov qizlarning intellektual salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lajagini taʼkidladi va barcha ishtirokchi qizlarga omad tiladi.

Tanlov qatnashchilari nizom talablari asosida bellashdilar va yakunda G.Safayeva birinchi o‘rinni egallab, so‘nggi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Barcha g‘olib va ishtirokchilarga partiyaning Xorazm viloyati Kengashi faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi.