Yangiliklar


242

Fraksiya aʼzolari ham “Dolzarb 40 kunlik”da faol ishtirok etmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzolari ham faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdumalik Akromov Chust tumani Axcha qishlog‘idan o‘tuvchi katta yo‘l chorrahasi bo‘yiga yaxshi niyatlar bilan manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazgan bo‘lsa, 119-Gurlan saylov okrugidan saylangan deputat Zafar Abdirimov “Urganch-Gurlan-Mang‘it” avtomobil yo‘li, Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdi.

Quyi palata deputat Nazir Sabirov Qorako‘l tumani “Zarafshon” mahallasidagi Qobul ota qabristoni atrofidagi qarovsiz yotgan 20 sotix yer maydoniga 8000 dona terak, 120 dona gujum va archa ko‘chatlarini o‘tqazishda ishtirok etdi. Fraksiya aʼzosi Kozimjon Tojiyev esa Navbahor tumanidagi “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida qatnashdi.