Yangiliklar


441   01-12-2021

Deputat taʼlim-tarbiya muassasalari faoliyati bilan tanishdi va...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Baxtiyor Maniyazov Buloqboshi tumanida bo‘lib, taʼlim-tarbiya muassasalari faoliyati bilan tanishdi.

Deputat 20, 26, 55 va 68-sonli maktablar, shuningdek,  4, 7, 8-sonli maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim sifati, obodonlashtirish va isitish tizimi holatlarini o‘rganib, bir qator kamchiliklarni aniqladi. Jumladan, maktablarning barchasida belgilanganidan ikki hissa ortiq bola o‘qiyapti, hatto o‘qituvchilar ishlashi uchun xonalar yetishmaydi. Ayrim maktablarni kapital taʼmirlash bo‘yicha har yili murojaat qilinadi, lekin natija yo‘q. Baʼzi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida isitish tizimi yaxshi ishlamasligi natijasida pechkalardan foydalanilmoqda. Ammo bunda bolalarning xavfsizligi taʼminlanmagan.  

Deputat ayrim masalalarni shu yerning o‘zida hal qilgan bo‘lsa, baʼzilari bo‘yicha tegishli idoralarga murojaat qilinadigan bo‘ldi.