Yangiliklar


86

Bir mahallada shuncha muammo

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Davron Aripov Bekobod tumanidagi “Parchayuz” mahallasida bo‘lib, saylovchilar murojaatlarini eshitdi.

Mahalla raisi Xudoyqul Xolbo‘tayevning bildirishicha, bugun mahalla binosi achinarli holatda, xodimlarning ishlashi uchun sharoit yo‘q, ichki yo‘llar taʼmirtalab, ichimlik suvi qudug‘i va elektr energiya uzatish qurilmalarini yangilash lozim. Gaz tarmoqlarini sozlash ishlari oxirigacha bajarilmagan.

Deputat “Naʼmuna” qishlog‘i, “Subhidam” ko‘chasida bo‘lib, haqiqiy ahvol bilan tanishdi, fuqarolar bilan suhbatlashdi. 2019-yilgi “Obod qishloq” dasturi doirasida yuqoridagi muammolarni hal qilishga kirishilgan edi, ammo ishlar chala bajarilgan. D.Aripov ushbu masalada yuqori idoralarni bezovta qilishga vaʼda berdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati “Xon qizi” MCHJda ham bo‘ldi. Korxona rahbari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish hamda binoning 5 yil muddatga belgilangan ijara shartnomasini 10 yilga uzaytirish masalasida murojaat qildi. Bu masala deputatlik so‘rovi bilan hal qilinadigan bo‘ldi.

Deputat Bolalar va o‘smirlar sport maktabida ham bo‘lib, qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan sport musobaqasini ochib berdi. Shundan so‘ng 180 o‘ringa mo‘ljallangan, joriy taʼmirdan chiqqan 17- umumtaʼlim maktabi sharoitlari bilan tanishdi.