Yangiliklar


113

Konstitutsiyamizda malakali tibbiy xizmat kafolatlangan

Konstitutsiya — davlatning asosiy qonuni bo‘lib, shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi. U tenglik, qonuniylikni taʼminlash, inson huquqlari mutloq ustuvorligiga asoslangan zamonaviy ozbek davlatchiligining fundamental asoslarini aniqlab beradi. Uning muqaddimasidan tortib, yakunlovchi qoidalariga qadar inson, uning farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik g‘oyalari singdirilgan.

Bosh qomusimizning ikkinchi bo‘limi fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklariga bag‘ishlangan. Bu bo‘limda insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari o‘z aksini topgan. Jumladan, fuqarolarning tibbiy xizmatga bo‘lgan huquqi ham shu bo‘limda belgilangan.

Har bir inson, u tug‘ilgandan to umrining oxirigacha bir emas, bir necha bor bu xizmatdan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Konstitutsiyamizning 40-moddasida har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.

Taʼkidlash joiz, har qanday meʼyoriy-huquqiy hujjat qonun boladimi, farmon, qaror boladimi, barchasi avvalambor Konstitutsiyaga asoslanadi. Mamlakatimizda fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini taʼminlashga, aholi salomatligini saqlashga qaratilgan 20 dan ziyod qonunlar, bir necha yuzlab Prezidentimizning farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari qabul qilindi.

Ular doirasida sog‘liqni saqlash tizimini yana-da takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash, dori taʼminotini yaxshilash, tibbiy taʼlimni rivojlantirish borasida keng kolamli islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, songgi besh yilda Harakatlar strategiyasi doirasida bu boradagi ishlar yana-da jadal tus oldi. Tibbiyotning barcha bo‘g‘inida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Eng asosiysi, bu kabi ezgu ishlar zamirida nafaqat shaharlarda, balki chekka-chekka qishloqlarda ham malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsad qilingan.

Bugun tibbiyotning barcha tarmoqlarida — birlamchi tibbiy sanitariya yordamidan tortib, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatgacha, shuningdek, xususiy tibbiyot tizimida tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, ularda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat turlari ko‘paydi. Ixtisoslashtirilgan va xususiy tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘i hududlar, tuman-shaharlargacha yetkazilyapti. Kadrlar bilan taʼminlash va ularning malakasini oshirishga eʼtibor kuchaydi.

Sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar sezilarli darajada oshdi. Sohadagi harajatlar 4 barobar, dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun harajatlar 7 barobarga ko‘paydi.

O‘tgan davr davomida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Negaki, bu tizimni, sohaning asosi desak mubolaga bolmaydi. Chunki, shu tizimni takomillashtirish, uning faoliyatini togri tashkil etish orqali aholi sogligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlari tashkil etilishi orqali aholining ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaydi. Bunday muassasalar faoliyati mutlaqo yangi tizimda yo‘lga qo‘yildi. Ularda “tibbiyot brigadalari” tashkil etildi. Ushbu brigadalar tomonidan aholi manzilli skriningdan o‘tkazilib, individual patronaj tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Oilaviy poliklinikalarda tibbiy tekshiruvlar soni ko‘paydi, tor soha mutahassislari qabuli yo‘lga qo‘yildi. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona markazlashgan tizimi yaratildi.

Tez tibbiy yordam shoxobchalari ikki barobardan ziyodga (800/1666), tez tibbiy yordam brigadalari soni qariyb 1000 taga (1890/ 2842) ko‘payib, ular poliklinikalargacha joylashtirildi. Tez yordam tizimini dori-darmon bilan taʼminlashga ajratilayotgan mablaglar miqdori oshirilgani bois, taʼminot 100 foizga yetkazildi. Bugungi kunda tuman-shaharlardagi tibbiyot muassasalari ham reanimobillar bilan taʼminlangan bolib, ularning soni 430 dan oshdi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalar tashkil etildi. Bunday xizmat turlari ko‘paytirilib, muassasalar tarmog‘i kengaytirilmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari soni 20 taga yetdi. Joylarda ularning filiallari, tumanlarda bo‘limlari tashkil etilmoqda. Natijada, hududlarda amalga oshirilayotgan yuqori texnologik operatsiyalar ulushi 55 foizga oshdi.

Inson aʼzolari transplantatsiyasi amaliyoti joriy etilib, 700 dan ortiq buyrak, jigar va ozak hujayra transplantatsiyasi bajarildi. Bu amaliyot viloyatlarda ham yo‘lga qo‘yilmoqda.Kardioxirurgiya amaliyoti oldin faqat Respublika muassasalarida amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda 12 ta viloyatda rentgenendovaskulyar bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi, 10 ta viloyatda ochiq yurak operatsiyalari o‘tkazilmoqda.

Ixtisoslashtirilgan muassasalarda diagnostika usullari 70 tadan 174 taga, davolash usullari 60 turdan 264 turga ko‘paydi. Sohaga axborot kommunikatsiya tarmog‘i tizimi joriy qilindi. Ixtisoslashgan tibbiy xizmat tizimida telemeditsina yo‘lga qo‘yildi. Birgina, joriy yilning o‘zida Toshkentdagi markazlardan telemeditsina orqali hududlar bilan 9600 dan ziyod onlayn bog‘lanishlar tashkil etilib, 40 mingdan ziyod bemorlar joyida konsultatsiya qilingan, 3 mingga yaqin bemorga konsilium, 180 dan ziyod namoyishli jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Bunday markazlarda davolanish va tekshiruvlardan o‘tishda order berish tizimi bekor qilinib, elektron navbat tizimi joriy qilindi. Onalik va bolalikni muhofaza qilishning samarali tizimi yaratildi. Barcha hududlarda perinatal, skrining va ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari faoliyat olib bormoqda. O‘tgan yili poytaxtimizda Bolalar milliy tibbiy markazi qurib foydalanishga topshirildi.

Tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish maqsadida barcha ko‘p tarmoqli tuman poliklinikalarida prenatal skrining xonalari tashkil etilishi natijasida homiladorlarni birinchi uch oyligida skrining UZI tekshiruvidan o‘tkazish 92 foizga yetkazildi. Buning samarasi o‘laroq tug‘ma rivojlanish nuqsonlaridan o‘lim holati 50-60 foizdan 8 foizga kamaydi.

Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qator maqsadli milliy dasturlar amalga oshirildi. Tibbiyotda xususiy sektorning rivojlanishi sohada sog‘lom raqobatni yuzaga keltirdi. Xususiy shifoxonalar qariyb 2 barobarga ko‘payib, ularning soni 6,5 mingdan oshdi, 1,5 mingdan ziyodi yangi tibbiy ixtisosliklar hisobiga faoliyatini kengaytirdi. Litsenziyalanadigan tibbiy ixtisoslik turlari 129 taga yetkazildi. Xususiy shifoxonalarda murakkab va yuqori texnologiyali jarrohlik usullariga ruxsat berildi.

Sohada kadrlarni tayyorlash tizimi takomillashtirildi. Oliy tibbiy taʼlim muassasalari sonini kopaytirish, kvotalarni bakalavriatga 2 barobar, magistraturaga 2,3 barobar, ordinaturaga 5 barobar oshirish, maqsadli kvotalar joriy etish, orqali aholining vrachlar bilan taʼminlanishi 22,3 dan 23 ga yetkazildi. Bundan tashqari, ayrim mutahassisliklar boyicha internatura, xorijiy qoshma taʼlim dasturlari doirasida oqitish yo‘lga qo‘yildi. Bu saʼy-harakatlarning barchasi sohani malakali kadrlar bilan taʼminlash orqali tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgani bilan ham muhimdir.

Tizimda amalga oshirilgan islohotlar samarasi, o‘laroq, bugungi kunda hatto murakkab, zamonaviy, yuqori texnologik tibbiy muolajalarni ham hududlarda amalga oshirish, markazga kelmasdan, o‘z hududida qolgan holda telemeditsina orqali respublika muassasalaridagi malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tish, maslahatini olish va davolanish imkoniyati yaratildi.

Taʼkidlash joiz, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash tajribasi, bugungi kunda sogliqni saqlash sohasida olib borilgan islohotlarning samarali va natijador ekanligini korsatib berdi.

Pandemiya davrida milliy va xalqaro jamiyat shuning guvohi bo‘ldiki, sog‘liqni saqlash milliy tizimidagi islohotlarni amalga oshirishda Davlatimiz rahbarining shaxsan ishtiroki O‘zbekistonga fuqarolarning malakali tibbiy xizmatga bo‘lgan konstitutsion huquqi ijrosini taʼminlash, mamlakatni koronavirus infeksiyasi sababli vaziyatning yomon tarafga rivojlanib ketishining og‘ir oqibatlaridan qisqa vaqt ichida qutqarish imkonini berdi.

Bu huquqning amalda taʼminlanishi aholi salomatligini mustahkamlash, sogligini saqlashda muhim orin tutmoqda. Sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,7 yoshdan 74,8 yoshga oshdi, go‘daklar o‘limi 11,5 promilledan 9 promillega kamaydi. Xavfli o‘sma va sil kabi ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichi pasaydi.

Bosh qomusimizda kafolatlangan meʼyor bugun yangicha mexanizmlar orqali royobga chiqarilmoqda.

Maʼlumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalari qoshma majlisidagi nutqida kelgusi besh yillikda hayotga tadbiq etiladigan, muhim tashabbus va xalqchil g‘oyalarni o‘z ichiga olgan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilanishi eʼlon qilindi.

Shundan, to‘rtinchisi — adolatli ijtimoiy siyosat yuritish yo‘nalishi bo‘lib, unda xalqimiz salomatligini taʼminlash bosh mezon qilib belgilanishi nazarda tutilmoqda.

Bunda tibbiyot sohasiga yo‘naltiriladigan mablag‘larni 2 barobarga oshirish, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini orqali tibbiy profilaktikaga, oilaviy shifokorlar rolini oshirishga alohida eʼtibor qaratish, bunda, aholi orasida eng kop tarqalgan va erta olimning asosiy sababi bolgan kasalliklarni barvaqt aniqlash, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oshirish, profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash hamda soglom turmush tarzini shakllantirish choralari korilishi nazarda tutilmoqda.

Viloyat, tuman va shaharlarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘lami kengaytirilishi, davlat tibbiy sug‘urta tizimi ishga tushirilib, mablag‘ aniq bemorga bog‘langan holda ajratilishi belgilanadigan bo‘ldi.

Albatta, islohotlar doirasida belgilangan vazifalarni vaqtida va sifatli amalga oshirish orqali fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga bo‘lgan konstitutsion huquqi taʼminlanishiga zamin yaratiladi.

Jamiyatning har bir jabhasi, kundalik hayotimiz Konstitutsiyada belgilangan meʼyorlar bilan chambarchas bogliq. Shu bois, uni chuqur organish, hayotimizdagi ahamiyatini anglash har doim dolzarb ahamiyatga ega.

 

Zumrad BEKATOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati