Yangiliklar


522   03-12-2021

2023-yilda Samarqand Butunjahon turizm poytaxtiga aylanadi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh аssambleyasi 2023-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Ispaniyaning Madrid shahrida bugun bo‘lib o‘tayotgan UNWTO sessiyasida bu haqda maʼlum qilindi. Ushbu masalada O‘zbekiston va Portugaliya daʼvogarlik qilgan va yakunda mamlakatimiz yaqqol ustunlik bilan ko‘p ovoz to‘plagan.

Maʼlumki, UNWTO Bosh assambleyasi ikki yilda bir marta o‘tkaziluvchi eng muhim turistik forum hisoblanadi.

Albatta, bunday nufuzli anjumanning ilk marta O‘zbekistonda o‘tkazilishi yurtimizning turizm salohiyatini dunyoga keng targ‘ib qilish va bu orqali mamlakatimizda ushbu sohani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.