Yangiliklar


356

Andijonda viloyat Kengashi Plenumi bo‘lib o‘tdi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashining IV Plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya vakillari, mahalliy Kengash deputatlari va faollar ishtirok etdi.

Zoom ilovasi orqali o‘tkazilgan tadbirda viloyat, tuman va shahar partiya tashkilotlarining navbatdagi Konferensiyalarini chaqirish vaqti, joyi va kun tartibi belgilandi. Partiya viloyat Kengashining VII Konferensiyasiga delegatlar saylash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.