Yangiliklar


306

Tanqid va tahlil

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi Mahmud Nazarov viloyat Kengashining IV Plenumini ochar ekan, jamiyatimizda izchil islohotlar samaradorligini taʼminlashda siyosiy partiyalar va deputatlarning o‘rni va roli oshib borayotganini taʼkidladi.

ZOOM ilovasi yordamida o‘tkazilgan Plenumda dastlab o‘tgan olti oylik faoliyat sarhisob qilindi. Bajarilgan  ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilindi.

Shundan so‘ng partiyaning Toshkent viloyati, tuman (shahar) partiya tashkilotlarining navbatdagi Konferensiyalarini chaqirish va unga delegatlar saylash masalalari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.