Yangiliklar


331

Plenumda partiya faoliyati sarhisob qilindi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining navbatdagi Plenumida partiyaning 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosi, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini bajarish, bu borada oldinda turgan muhim vazifalar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, bugun partiyadan Jo‘qorg‘i Kengesda 14 nafar, shahar va tuman Kengashlarida esa 90 nafar deputat faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan olti oy davomida deputatlar tomonidan 397 ta so‘rov chiqarilib, unda ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga ijobiy yechim topildi. Shuningdek, partiya deputatlik guruhlari va deputatlar tashabbusi bilan 33 nafar mansabdor shaxsning hisoboti eshitildi.

“Ayollar  va yoshlar qanotlari” say-harakatlari bilan “Uyma-uy” loyihasi doirasida 124 nafar xotin-qizlar va yoshlar ish bilan taʼminlanib, 64 kishiga imtiyozli kreditlar olishda yordam ko‘rsatildi. “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida esa 43 ta o‘quv kurslari tashkil qilinib, 342 nafar shaxsga bepul taʼlim berildi, hunar o‘rgatildi.

Plenumda partiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, shahar va tuman tashkilotlarining Konferensiyalarini o‘tkazish masalalari ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.