Yangiliklar


446

“Milliy tiklanish” partiyasi saylovda ishtirok etish uchun ariza topshirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza, Adliya vazirligining siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzod to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etishi lozim.

Bugun “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining vakolatli vakili Bahodirjon Mamatxonov Markaziy saylov komissiyasiga ana shu hujjatlarni topshirdi.

Markaziy saylov komissiyasi esa siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilingani haqidagi maʼlumotnoma taqdim etdi.

Maʼlumki, Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida besh kunlik muddat ichida uzil-kesil qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi.