Yangiliklar


610   28-09-2021

Endi yutuqlar bilan quvonish davri o‘tdi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar va tuman Kengashlarining VI Qo‘shma Plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab shahar Kengashi va deputatlik guruhining 2021 yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yakunlari tanqidiy tahlil qilindi hamda ikkinchi yarim yillikdagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

– Endi yutuqlar bilan quvonish davri o‘tdi. Aksincha, xato va kamchiliklarimizni aniqlab, ularni takrorlamaslik choralarini ko‘rishimiz lozim, – shahar Kengashi raisi Otabek Jiyanbayev.

Plenumda saylovchilar manfaati yo‘lida faollik ko‘rsatayotgan deputatlik guruhlari va deputatlar nomi mamnuniyat bilan eʼtirof etildi. Aksincha, o‘tgan olti oy davomida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan deputatlik guruhlari hamda deputatlar faoliyati tanqid ostiga olindi.

Plenumda Toshkent shahar va tuman partiya tashkilotlarining navbatdagi Konferensiyalarini chaqirish va delegatlar saylash masalalari ham muhokama qilindi.