Yangiliklar


155

“Milliy istiqlol va qadriyatlar tarannumi”

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan “Milliy istiqlol va qadriyatlar tarannumi” mavzusida hunarmandlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 

Vatanimiz Mustaqilligining 30 yilligi  munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda shahar Kengashi raisi Otabek Jiyanbayev so‘zga chiqib, milliy hunarmandchilik namunalarini saqlab qolish, boyitish va kelgusi avlodga yetkazish, ustoz-shogird anʼanalarini davom ettirish, yosh hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash partiyaning eng ustuvor vazifalari ekanini qayd etdi.

Ko‘rgazmada o‘ymakorlik, naqqoshlik, zargarlik, kashtachilik, sopolga gul chizish, sandiqchilik bo‘yicha yosh hunarmandlarning ijod namunalari namoyish etildi. Shuningdek, tadbirda partiyaning Toshkent shahar Kengashi bilan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi o‘rtasida Memorandum imzolandi.