Yangiliklar


222

Partiya loyihasi amalda

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi hamda Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Ishga marhamat!” monomarkazida “Xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mahalliy Kengash deputatlari, “Deputat ayollar klubi” aʼzolari ishtirokida o‘tgan davra suhbatida Markaziy kengash raisi o‘rinbosari Feruza Muhamedjanova so‘zga chiqib, xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rnini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, “Ko‘mak” targ‘ibot guruhining saylovga tayyorgarligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda “Sayyor qabul” loyihasining ahamiyati haqida gapirdi.

Tadbirda “Deputat ayollar klubi”ning olti oylik faoliyati sarhisob qilindi. “Tashabbuskor deputat ayol” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Shuningdek, “Sayyor qabul” loyihasi amalga oshirilib, poytaxtlik xotin-qizlarning uy-joy, bandlik, salomatlikni tiklash bilan bog‘liq o‘ttizdan ziyod murojaatlari nazoratga olindi.