Yangiliklar


352

“Milliy tiklanish” birinchi bo‘lib tegishli hujjat va imzo varaqalarini topshirdi

Bugun O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga birinchi bo‘lib tegishli hujjatlar va saylovchilarning nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini topshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 64-moddasiga ko‘ra, siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. 

Arizaga siyosiy partiya yuqori organining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori, siyosiy partiya yuqori organi majlisining Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi hamda nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari ilova qilinadi.

Endi Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Kodeks talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.