Yangiliklar


402

Buxoroda olti oylik faoliyat sarhisob qilindi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati Kengashining olti oylik faoliyati  yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Taʼkidlanganidek, viloyat Kengashi va deputatlik guruhlari tomonidan ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha 4225 ta xonadon qamrab olindi. Deputatlar tashabbusi bilan “Temir daftar”ga 780, “Ayollar daftari”ga 730, “Yoshlar daftari”ga esa 282 nafar fuqaro kiritildi. Shundan mos ravishda 515,  361 va 167 nafar kishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Partiya dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida 43 ta o‘quv kursi tashkil etilib, 50 nafar xotin-qizlar bepul kasb-hunarga yo‘naltirildi. 101 nafar yoshlarga qo‘shimcha bepul taʼlim berildi. “Uyma-uy” loyihasi doirasida esa “Yoshlar va Ayollar qanot”lari tomonidan 963 ta muammoli masala qayd etildi. Natijada 310 nafar yoshlar, 200 nafar xotin-qizlarga bandligini taʼminlashda ko‘maklashildi. 249 nafar shaxsga kredit ajratish va sog‘lig‘ini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari Kengash sessiyalariga 11 ta, doimiy komissiyalarga esa 42 ta masala va takliflar kiritildi. 78 nafar mansabdor shaxsning eshituvi tashkil qilinib, 266 ta deputatlik so‘rovi yuborildi.

Yig‘ilishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Jondor va Kogon tumanlari Kengashi rahbarlariga  nisbatan intizomiy chora ko‘rildi.