Yangiliklar


170

Madaniy merosni, tarixiy obidalarni asramaslik tarixni asramaslikdir

Xorazmda bo‘lib turgan Alisher Qodirov turkman millatiga mansub aholi yashagan hududdagi eng katta hovli-joy “Ulli hovli” majmuasida bo‘ldi. 

Ushbu muborak joy Xorazmshoh Abulg‘ozi  Bahodirxon  tomonidan  Soler turkmanlarining oqsoqollari Xo‘jamberdi va Shermamatboy iltimosiga ko‘ra bunyod qilingan bo‘lib, bir gektar maydonni egallaydi. Bu yerda mehmonxona, o‘tovlar, hunarmandchilik ustaxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Alisher Qodirov tarixiy qadamjoni ziyorat qilar ekan, O‘zbekiston tarixi har jihatdan buyuk, faxr-iftixorga munosib ekanini “Ulli hovli”da ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.

– O‘zbekiston dunyodagi kam sonli davlatlar orasida eng ko‘p madaniy merosini saqlab qola olgan mamlakat hisoblanadi. Madaniy merosni, tarixiy obidalarni asramaslik tarixni asramaslikdir, – dedi “Milliy tiklanish”dan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod.