Yangiliklar


145

Tarbiya va taʼlimsiz taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi

Alisher Qodirov boshqa uchrashuvlarda bo‘lgani kabi namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda ham asosan taʼlim va tarbiya tizimini isloh qilish, o‘qituvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, pedagogikani o‘z hayotining mazmuni deb bilgan mutaxassislarni tayyorlash haqida gapirdi.

– Tarbiya va taʼlim, maʼnaviyat va maʼrifat partiyaning eng ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki tarbiya va taʼlimsiz hech bir millat, hech bir mamlakat taraqqiyotga erisha olmagan, – dedi “Milliy tiklanish” nomzodi.