Yangiliklar


735   28-09-2021

Kitobxonlik tanlovlari qanchalik natija beryapti?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad:

– Yoshlar taʼlim-tarbiyasi hayot-mamot masalasidir. Shu bois, mamlakatimizda yoshlar masalasi, ayniqsa, yoshlarimizni kitobxonlikka qiziqtirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Turli tanlovlar o‘tkazilyapti. Ammo o‘sha tanlovlar qanchalik natija beryapti, bu borada jonlanish bo‘ldimi? Bu ishlarning boshida turgan Prezidentimiz o‘ylagan, kutgan darajada natija beryaptimi-yo‘qmi? O‘zim ham tanlovga uch yil hakamlik qildim.  To‘rt yuz, besh yuzta kitob o‘qigan yoshlarni ko‘rdim. Ularga qanchalik havas qilganimni hozir tasavvur qilib berolmayman.