Yangiliklar

268 08-11-2022
Parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Spiker o‘rinbosari, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputatlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida mehmonlarga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar va bunda parlamentning o‘rni haqida maʼlumotlar berildi. So‘ngra tomonlar ikki davlat parlamentlararo muloqotini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Taʼkidlanganidek, O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari o‘rtasida yaqin va ko‘p qirrali sheriklik yo‘lga qo‘yilgani mamlakatlarimiz o‘rtasidagi azaliy aloqalarni yana-da rivojlantirishga, jumladan, bugun ikki davlat qonun chiqaruvchi organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan do‘stlik guruhlari o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Samimiy uchrashuvda tomonlar o‘zaro aloqalarni kengaytirish, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash hamda parlamentlararo do‘stlik guruhlarining muntazam uchrashuvlarini tashkil etishga kelishib oldilar.