Yangiliklar


582

Prezidentlikka bo‘lajak nomzodni Syezdda ko‘rib chiqish maʼqullandi

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 63-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga bo‘lajak nomzod to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etishi kerak.

Plenumda shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyadan ko‘rsatiladigan nomzod Qodirov Alisher Keldiyevich bo‘yicha tegishli maʼlumotlarni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etish uchun qaror qabul qilindi.

Plenum ishtirokchilarining fikr-mulohazalari asosida partiya tarafdorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lajak nomzodni Syezdda ko‘rib chiqish masalasi maʼqullandi.