Yangiliklar


278

Yangi taraqqiyot sari yo‘l

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati Kengashida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda partiya va deputatlar oldida turgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni partiyaning viloyat Kengashi raisi Maxsud Muhammedov ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yangi Taraqqiyot strategiyasining islohotlarimiz uzviyligi va davomiyligini taʼminlashdagi ahamiyati haqida gapirdi.

– Bizning endigi vazifamiz “Inson qadri uchun” tamoyili asosida ishlab chiqilgan Taraqqiyot strategiyasida belgilangan yetti yo‘nalishdan iborat ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, bu borada partiya va deputatlik nazoratini kuchaytirish, shu asosida galdagi vazifalarni belgilab olishdir, – dedi M.Muhammedov.

Tadbirda, shuningdek, joriy yilning to‘qqiz oyi davomida viloyat Kengashi va deputatlik guruhlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Partiya g‘oyalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan ishlar belgilandi. Tuman va shahar Kengashlari raislari, mahalliy Kengash deputatlariga joriy yilni samarali yakunlash va navbatdagi muhim yo‘nalishlar yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.