– Ötgan beş yil mobaynida gender tenglikni taʼminlaşga qaratilgan davlat siyosatini amalga oşiriş maqsadida Özbekistonda ham bir qator qonunlar qabul qilindi, dolzarb ğoya va taşabbuslar ilgari surildi. Nihoyatda qisqa fursat bölişiga qaramay, ular ijrosiga masʼul tuzilmalar şakllantirildi. Natijada yaqindagina tor soha vakillarigagina maʼlum bölgan “gender” tuşunçasi haqida köpçilikda öziga xos qaraşlar paydo böldi. Biroq bu jarayonda gender tuşunçalarini notöğri talqin qiladiganlar ham paydo böldi, deyiş mumkin. Boz ustiga axborot asrida, ziddiyatlarga boy axborot bozorida mavzuni özi bilgança tahlil etayotgan “ekspertlar” uçramoqda. Şu maʼnoda gender taʼlimini töğri taşkil etiş masalasi hamon dolzarb bölib qolyapti.
Şuning uçun ham umumeʼtirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonunçilikka implementatsiya qiliş yuzasidan takliflar işlab çiqilayotgan bir paytda «Ayollar qanoti» tomonidan şarqona gender tenglik tamoyillarini çuqur örganiş va amalga tatbiq etiş jarayoniga jiddiy kirişildi. Zero, ğarbda farzandsiz oila ğoyasi ilgari surilib, oila kerakmas matohdek talqin qilinayotgan, eng ayançlisi, ayrim davlatlar Konstitutsiyalaridan ota-onalarning huquq hamda burçlariga oid moddalar çiqarib taşlanayotgan bugungi kunda ildizimizni baquvvat qiladigan qadriyat va anʼanalarimizga tayanib, biz eng avvalo, şarqqa mansubligimizni körsatişimiz kerak.
Uşbu mavzuni kun tartibiga qöyişimizning sababi bor, albatta. Töğri, tamaddunlar töqnaşaveradi. Bu masalada ham hammaning öz haqiqati bor. Garçi “gender” tuşunçasi ğarb olimlari tomonidan ilgari surilgan bölsa-da, şarqning bu borada ğarbga örgatadigan tomonlari serobligini unutmaslik kerak. Eng muhimi, şarqona gender tengligi nafaqat ğarb uçun, balki dunyoning barqaror rivojlanişi, kerak bölsa, odamzodning uzviy anʼanalar asosida yaşab qolişi uçun ham ahamiyatlidir.
Feruza MUHAMEDJANOVA,
“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy kengaşi raisi örinbosari
08.06.2023