Ayollar qanoti

    “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi “Ayollar qanoti” - partiyaning mustaqil tarkibiy böğini hisoblanadi va bevosita MTDP Markaziy kengaşi Ijroiya qömitasiga böysunadi. Partiyaning “Ayollar qanoti” MTDP tarkibida MTDP aʼzolari – xotin-qizlarning qaraşlari, manfaat va maqsadlari muştarakligi asosida tuzilgan. Unga aʼzo böliş ixtiyoriydir. MTDPning “Ayollar qanoti” Özbekiston Respublikasi hududida öz faoliyatini amalga oşiradi.

     MTDPning “Ayollar qanoti” Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Özbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar töğrisida”gi Qonuni va boşqa qonun hujjatlari, MTDP Ustavi va Dasturi, MTDP Markaziy kengaşi (MK), Markaziy kengaşi Ijroiya qömitasining qarorlari hamda mazkur Nizomga muvofiq faoliyat yuritadi.

     MTDPning “Ayollar qanoti” maqsad va vazifalarini MTDP MK Ijroiya qömitasi devoni Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş masalalari bölimi (bundan keyingi matnlarda Bölim deb yuritiladi) yordamida amalga oşiradi. MTDP “Ayollar qanoti”ning faoliyatiga umumiy rahbarlikni MTDP MK Ijroiya qömitasi devoni Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş masalalari bölimi boşliği amalga oşiradi.